OMMAVIY SHARTNOMA-OFERTA

OMMAVIY SHARTNOMA-OFERTA 
Yuridik shaxs “ERSAG-Asya” MChJ
(keyingi o'rinlarda Internet-do'kon deb yuritiladi)
 
Ushbu ommaviy Oferta (keyingi o‘rinlarda – Oferta) Internet-do‘kon va xizmatlardan foydalanuvchi – jismoniy shaxs (keyingi o‘rinlarda – Xaridor) o‘rtasida tuzilgan shartnoma bo‘lib, u Internet-do'kon resurslaridan foydalangan holda tovarlar, ishlar va/yoki xizmatlarni sotib olish shartlarini belgilaydi.
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Internet-do‘kon O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining (keyingi o‘rinlarda O‘zRes FK) 367, 370 va 369-moddalariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga taklif bilan ushbu Ofertani e’lon qiladi.
1.2. Ushbu Oferta, har qanday Shartnoma singari, Internet-do'kon va Xaridor (taklifni qabul qilgan shaxs) o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning muhim shartlarini belgilaydi.
1.3. Ushbu Oferta Xaridor va Internet-do'kon o'rtasida buyurtma berish vaqtida tuziladi.
1.4. Taklif www.ersagglobal.uz veb-saytida joylashgan Internet-do'kon tomonidan taqdim etilgan tovarlar, ishlar va/yoki xizmatlarni sotib olmoqchi bo'lgan O'zbekiston Respublikasi hududidagi istalgan jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan qabul qilinishi mumkin.
1.5. Xaridor taklifda mavjud bo'lgan barcha shartlarni so'zsiz qabul qiladi (ya'ni, to'liq va istisnosiz).
1.6. Ushbu Oferta shartlari qabul qilingan taqdirda, jismoniy yoki yuridik shaxs Xaridor bo'ladi.
1.7. Qabul qilish - bu Internet-do'kon tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxsning ushbu Internet-do'kon tomonidan taklif qilingan shartlarda tovarlar, ishlar va/yoki xizmatlarni sotib olish niyati to'g'risidagi xabarni olishdir.
1.8. Oferta, barcha o'zgartirishlar, unga qo'shimchalar, shuningdek, Internet-do'konning tovarlari, ishlari va/yoki xizmatlari haqidagi barcha qo'shimcha ma'lumotlar https://www.ersagglobal.uz/ veb-saytida e'lon qilinadi.
 
2. INTERNET-DO’KON VEB-SAYTINING STATUSI
2.1. Sayt Internet-do'konning mulki bo'lib, Internet orqali tovarlar, ishlar va/yoki xizmatlarni sotishning masofaviy usulini tashkil qilish uchun mo'ljallangan.
2.2. Taklifni qabul qilib, (ya'ni, Internet-do'kon veb-saytida joylashtirilgan buyurtma uchun to'lov) xaridor https://www.ersagglobal.uz/ saytida joylashgan Internet-do'konning oldi-sotti shartnomasida ko'rsatilgan shart va tartibda tovarlar, ishlar va/yoki xizmatlarga egalik huquqini oladi.
2.3. Internet-do'kon veb-saytida buyurtma bergan Xaridor tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning to'g'riligi va mazmuni uchun Internet-do'kon javobgar emas.
 
3. XARIDOR MAJBURIYATI
3.1. Xaridor buyurtma berishda taqdim etilgan ma'lumotlarning to'g'riligi va uchinchi shaxslarning da'volaridan tozaligi uchun javobgardir.
3.2. Xaridor ushbu Ofertada belgilangan shartlarga roziligini, buyurtma berishda "Men Shartnoma shartlarini to'liq o'qib chiqdim, shartnomaning barcha shartlarini tushunaman va shartnomaning barcha shartlariga roziman" ustuniga belgi qo'yish orqali tasdiqlaydi.
3.3. Xaridor tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar maxfiy hisoblanadi. Xaridor o'z shaxsiy ma'lumotlarini taqdim etish, saytda ro'yxatdan o'tish yoki arizani to'ldirish orqali foydalanuvchi shartnomasini bajarish uchun shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga roziligini beradi. Internet do'kon Xaridor haqidagi ma'lumotlardan faqat Internet-do'konni ishlatish maqsadida (buyurtmaning tugallanganligi haqida Xaridorga habar yuborish va h.k.) va ushbu Ofertada ko'rsatilgan hollarda foydalanadi.
3.4. Tovarlar Xaridor tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan, faqat shaxsiy, oilaviy, maishiy ehtiyojlar uchun sotib olinadi. Tovar, ish va/yoki xizmatlarni ko'rish va tanlash, shuningdek buyurtma berish uchun Internet-do'kon veb-saytidan (resursdan) foydalanish Xaridor uchun bepul.
 
4. OFERTA MAVZUSI
4.1. Internet-do'kon Xaridorning buyurtmalari asosida Internet-do'kon veb-saytida Internet-do'kon tomonidan belgilangan shartlar va narxlarda xaridorga tovarlar, ishlar va/yoki xizmatlarni sotadi. 
4.2. Xaridor tomonidan buyurtma qilingan va to'langan tovarlarni, ishlarni va/yoki xizmatlarni yetkazib berish Internet-do'kondan yoki Internet-do'kon tomonidan o'z majburiyatlarini bajarish uchun jalb qilingan uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Xaridor tovarlarni, ishlarni va/yoki xizmatlarni Internet-do'kon joylashgan manzildan mustaqil ravishda o'zi kelib olish huquqiga ega. Buyurtmani joylashtirishda xaridorga yetkazib berish usulini tanlash huquqi beriladi
4.3. Xaridor va Internet-do‘kon o‘rtasidagi munosabatlarga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi  qonuni, shuningdek, ushbu Ofertada ko‘rsatilgan Tomonlarning huquq va majburiyatlarini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlari amal qiladi. 
4.4. Internet-do'konga Xaridorning Internet-do'kon tomonidan taklif qilingan tovarlar, ishlar va/yoki xizmatlarni sotib olish niyati to'g'risida xabari olingan paytdan e'tiboran jismoniy yoki yuridik shaxs to'liq va istisnosiz Oferta shartlari va unga ilova qilingan barcha shartlarni qabul qilgan hisoblanadi. Oferta qabul qilingan taqdirda, jismoniy yoki yuridik shaxs buyurtma qilingan tovar, ish va/yoki xizmatlarni Internet-do‘kon bilan sotish bo‘yicha Shartnoma tuzgan hisoblanadi va Xaridor maqomiga ega bo‘ladi.
 
5. OLDI-SOTTI SHARTNOMASINI TUZISH TARTIBI
5.1. Xaridor Internet-do'kon veb-saytida mustaqil ravishda buyurtma berishi mumkin.
5.2. Internet-do'kon veb-saytida buyurtma berishda Xaridor quyidagi ma'lumotlarni taqdim etishi shart:
- F.I.SH., pasport raqami va seriyasi (jismoniy shaxslar uchun) yoki to‘liq nomlanishi, STIR (yuridik shaxslar uchun);
- tovarni yetkazib berish manzili;
- Tovar xaridorining aloqa telefon raqami va elektron pochta manzili;
5.3. Xaridorning xohishi Internet-do'kon veb-saytidagi buyurtma shakliga so’nggi kiritilgan ma’lumotlari orqali, yoki internet-do‘kon mutaxassisiga axborot-telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda yoki elektron pochta (e-mail) orqali ariza berish bilan amalga oshiriladi. 
5.4. Internet-do'kon Xaridor haqidagi ma'lumotlarni o’zgartirmaydi.
5.5. Xaridor oldi-sotdi shartnomasining qog'oz nusxasini olish uchun elektron pochta orqali yoki Internet-do'konning veb-saytida ko'rsatilgan telefon raqamiga murojaat qilib, Internet-do'kon mutahassisi bilan kelishilgan usulda ariza yuboradi. 
 
6. MAHSULOT HAQIDA MA'LUMOT
6.1. Tovarlar, ishlar va/yoki xizmatlarni namoyish qilish uchun Internet-do'kon veb-saytida taqdim etilgan grafik tasvirlar, namunalar Internet-do'konning mulki hisoblanadi. 
6.2. Har bir grafik tasvir, namuna matnli ma'lumotlar bilan birga keladi: nomi, o'lchami (agar kerak bo'lsa), narxi va tavsifi.
6.3. Internet-do'kon veb-saytida taqdim etilgan barcha ma'lumot materiallari faqat dastlabki ma'lumot uchun mo'ljallangan va tovarlar, ishlar va/yoki xizmatlarning xususiyatlari va xarakteristikasi, shu jumladan ranglar, o'lchamlar, shakllar va boshqalar haqida to'liq ma'lumot bera olmaydi.
6.4. Xaridorning iltimosiga binoan, Internet-do'kon mutaxassisi (telefon yoki elektron pochta orqali) xaridor nuqtai nazaridan tovarlar, ishlar va/yoki xizmatlarni sotib olish to'g'risida qaror qabul qilish uchun zarur va yetarli bo'lgan boshqa ma'lumotlarni taqdim etishi shart.
6.5. Tovarlar, ishlar va/yoki xizmatlarning kamchiliklari (nuqsonlari) munosabati bilan belgilangan chegirma bo‘yicha xarid qilish orqali Xaridor kelajakda bunday kamchiliklarga (nuqsonlarga) shikoyat qilish huquqini yo‘qotishi haqida xabardor qilinadi.
6.6. Xaridor Internet-do'kon tomonidan hisob-fakturada alohida pozitsiyalarda ko'rsatilgan tovarlar, ishlar va/yoki xizmatlar har qanday holatda ham to'plam emasligi to'g'risida xabardor qilinadi.
 
7. TOVARLAR SOTIB OLISH TARTIBI
7.1. Xaridor Internet-do'kon veb-saytida taqdim etilgan har qanday mahsulot, ish va/yoki xizmatga buyurtma berish huquqiga ega. Har bir mahsulot, ishlar va/yoki xizmatlarga istalgan miqdorda buyurtma berish mumkin. Ushbu qoidadan istisnolar har bir mahsulot, ish va/yoki xizmat tavsifida reklama aktsiyalari, tovarlar, ishlar va/yoki xizmatlar sotuvdan olib qo'yilganda va hokazolarda ko'rsatiladi. 
7.2. Buyurtmani veb-saytda mustaqil ravishda joylashtirish mumkin.
7.3. Buyurtmani joylashtirgandan so'ng, Internet-do'kon Xaridorning elektron pochtasiga yoki messenjeriga tanlangan mahsulotlar, ishlar va/yoki xizmatlarning nomi, xususiyatlari, o'lchami, narxini ko'rsatgan holda buyurtma qabul qilinganligini tasdiqlovchi ma'lumotlarni yuborish orqali Xaridorning buyurtmasini tasdiqlaydi, buyurtmaning umumiy miqdori yoki mahsulotlar, ishlar va/yoki xizmatlarning zarur xususiyatlarini aniqlashtirish uchun Internet-do'konning mutaxassisi Xaridor bilan telefon orqali bog'lanadi.
 
8. TOVARLAR, ISHLAR VA/YOKI XIZMATLARNING NARXI
8.1. Internet-do'kon veb-saytida narx bir dona uchun O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasi so‘m (UZS) da ko'rsatilgan.
8.2. Veb-saytda ko'rsatilgan narx Internet-do'kon tomonidan bir tomonlama ravishda o'zgartirilishi mumkin, shu bilan birga Xaridor tomonidan buyurtma qilingan va to'langan tovarlar, ishlar va/yoki xizmatlarning narxi o'zgarishi mumkin emas.
8.3. Buyurtmaning umumiy qiymati tovar narxidan, yetkazib berish narxidan, agar kerak bo'lsa, yuqori qavatlarga ko'tarish va o'rnatish (montaj) dan iborat.
8.4. Internet-do'kon veb-saytida tovarlar, ishlar va/yoki xizmatlarni sotib olishda Xaridorga ko'rsatilgan tovarlar, ishlar va/yoki xizmatlarning qiymati "To'lov va yetkazib berish" bo'limida ko'rsatilgan.
 
9. TOVARLAR UCHUN TO'LOV
9.1. Tovarlar uchun to'lov usullari va tartibi veb-saytda "To'lov va yetkazib berish" bo'limida ko'rsatilgan. Agar kerak bo'lsa, buyurtmaga to'lov qilish tartibi va shartlari Xaridor tomonidan Internet-do'kon mutahassisi bilan kelishiladi. 
9.2. Hisob-faktura bo‘yicha Bank o‘tkazmasi orqali to‘lov shu hisob-faktura berilgan kundan boshlab 7 (yetti) kun ichida amalga oshiriladi. Internet-do'konning hisob raqamiga pul tushgandan so'ng, Internet-do'konning mutahassisi Xaridor bilan yetkazib berish muddatini kelishib oladi. Naqdsiz to'lov shaklida xaridorning buyurtma narxini to'lash majburiyati tegishli mablag'lar Internet-do'kon tomonidan ko'rsatilgan joriy hisob raqamiga kiritilgan paytdan boshlab bajarilgan hisoblanadi.
9.3. Xaridor buyurtma uchun to’lovni Internet-do'kon veb-saytida mavjud bo'lgan har qanday to’lov usulida amalga oshiradi.
9.4. Tomonlarning buyurtma uchun to‘lov hisob-kitoblari O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi so‘m (UZS) da amalga oshiriladi.
 
10. MAHSULOTNI YETKAZIB BERISH
10.1. Tovarlarni yetkazib berish usullari, tartibi va shartlari veb-saytda "To'lov va yetkazib berish" bo'limida ko'rsatilgan. Buyurtma qilingan tovarlarni yetkazib berish tartibi va shartlari Internet-do'kon mutahassisi bilan Xaridor tomonidan kelishiladi. 
10.2. Tovarlarni Xaridorning o'zi kelib olib ketishi quyidagi manzil bo'yicha: O’zRes, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 6-kvartal, Moyqo'rg'on ko'chasi 81-uy.
10.3. Tovarga egalik huquqi, tasodifiy nobud bo'lishi, yo'qolishi yoki shikastlanish xavfi tovar xaridorga yoki uning vakiliga topshirilgan paytdan boshlab Xaridorga o'tadi. 
10.4. Internet-do'kon orqali tovarlarni yetkazib berish: EMU
10.4.1. Tovarga egalik huquqi, tasodifiy nobud bo'lishi, yo'qolishi yoki shikastlanish xavfi tovar xaridorga yoki shartnomani bajarish joyidagi Vakilga topshirilgan paytdan va tomonlar tovarlarni topshirish va qabul qilish akti (yo'l varaqasi)ni imzolagan paytdan boshlab Xaridorga o'tadi. 
10.5. Tashuvchi tomonidan yuklarni yetkazib berish: EMU
10.5.1. Tovarga egalik huquqi, tasodifiy nobud bo'lishi, yo'qolishi yoki shikastlanish xavfi Internet-do'kondan Xaridorga yoki tashuvchiga (xaridor va tashuvchi o'rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq) tovar (tomonlar tovarlarni qabul qilish va topshirish dalolatnomasi (tovar xujjati va/yoki yuk xati)ni imzolaganlarida shartnomani bajarish joyidagi) tashuvchiga topshirilgan paytdan boshlab o'tadi. 
10.6. Tovarni Xaridorga topshirish majburiyati tovar tashuvchiga topshirilgan paytdan boshlab bajarilgan hisoblanadi.
10.7. Har bir buyurtma doirasida tovarlarni yetkazib berish qiymati barcha buyurtma qilingan tovarlarning og'irligi va hajmi, buyurtmani yetkazib berish manzili, tashuvchining tariflari asosida hisoblanadi va Xaridor tomonidan mustaqil ravishda to'lanadi.
10.8. Xaridor tovarni qabul qilish vaqtida uni miqdori va assortimenti bo'yicha qabul qilib olishga majburdir. 
10.9. Tovarni qabul qilib olish paytida, xaridor Internet-do'kon vakili (tashuvchi) ishtirokida yetkazmaning yuk-xatiga muvofiqligini tekshirishi, tovar nomidan tovarlarning miqdori, sifati va to’plamining to'liqligiga ishonch hosil qilishi kerak. 
10.10. Xaridor yoki vakil tovarni qabul qilish paytida tovarning tashqi ko'rinishi va to’plami to'liqligiga hech qanday da'vosi yo'qligini yuk-xatida o'z imzosi bilan tasdiqlaydi. 
 
11. SIFATLI TOVARNI QAYTARISH
11.1. O’zbekiston Respublikasining "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida" gi qonuni (keyingi o'rinlarda - Qonun)ga muvofiq, agar tovar foydalanishda bo‘lmagan bo’lsa, uning taqdim etilishi, iste’mol xususiyatlari, muhrlari, yorliqlari buzilmagan holatda, shuningdek tovar sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo’lgan taqdirda, agar shartnomada uzoqroq muddat belgilanmagan bo‘lsa, sotib olingan kundan boshlab o‘n kalendar kuni ichida sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) sifatli nooziq-ovqat mahsulotini almashtirish yoki qaytarishni ta'minlashi shart.
 
12. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
12.1. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
12.2. Internet-do'kon veb-saytida buyurtma qilingan tovarlar, ishlar va/yoki xizmatlardan noto'g'ri foydalanish natijasida Xaridorga yetkazilgan zarar uchun Internet-do'kon javobgar emas.
12.3. Tomonlar fors-major holatlari davomida Oferta bo'yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
 
13. BOSHQA SHARTLAR
13.1. Xaridor va internet-do‘kon o‘rtasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan qoidalarga bo‘ysunadi. 
13.2. Zarur bo'lganda, Internet-do'kon va Xaridor istalgan vaqtda ushbu Oferta qoidalariga zid bo'lmagan yozma ikki tomonlama shartnoma shaklida tovarlarni sotish bo'yicha shartnoma tuzishga haqlidir.
13.3. Xaridordan savollar va da'volar bo'lsa, quyidagi Internet-do'kon joylashgan manzilga murojaat qilishi kerak: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 6-mavze, Moyqoʻrgʻon koʻchasi 81-uy yoki ersag.uzbekistan@gmail.com elektron manziliga va/yoki veb-saytda koʻrsatilgan +998971781713 watsapp telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.
13.4. Ushbu Oferta Xaridor tomonidan qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar Oferta bo'yicha majburiyatlarini to'liq bajargunga qadar amal qiladi. 
13.5. Tomonlar tomonidan ushbu Oferta bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishdan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo'li bilan hal qilinadi, va agar ularni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishning iloji bo‘lmasa, Tomonlar bunday nizolarni internet-do‘kon joylashgan manzil bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi adliya organlariga hal etish uchun ariza bilan murojaat qilishga haqli.
13.6. Internet do'kon saytdagi mahsulot taklifini kengaytirish va kamaytirish, har qanday tovarlar, ishlar va/yoki xizmatlarni sotib olishga kirishni tartibga solish, shuningdek har qanday tovarlarni, ishlarni va/yoki xizmatlarni o'z xohishiga ko'ra sotishni to'xtatib turish yoki tugatish huquqini o'zida saqlab qoladi. 
 
14. INTERNET_DO'KON MANZILI VA REKVIZITLARI
«ERSAG ASYA» MChJ
Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani 6-mavze, Moyqo’rg’on ko’chasi, 81 
Tel.: +998971781713
Bank ma’lumotlari:
Bank nomi: XATB «Orient Finans» Yunusobod filiali
X/r: 2020 8840 7053 5083 3001
MFO 01071, STIR 308 237 268